61-951 rusumli konditsioner tizimi bilan jihozlangan kupeli yo‘lovchi vagoni 1520 mm kenglikdagi magistral temir yo‘llarda yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan. Vagonda 36 ta uxlash joyi mavjud bo‘lib, uning konstruksion tezligi 160 km/soatgacha yetadi.

61-951 rusumli kupeli yo‘lovchi vagoni havoni konditsionerlash tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, 1520 mm kenglikdagi magistral temir yo‘llarda yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan. Vagon Ts 17923832-038:2023 texnik shartlari talablariga muvofiq ishlab chiqarilgan.
Vagonning ichki tuzilishida yo‘lovchilar uchun 36 ta uxlash joyi va kuzatuvchilar uchun 2 ta joy ko‘zda tutilgan. Vagon yo‘lovchi kupelari, yo‘lak, kuzatuvchi kupesi, qozonxona bo‘limi va sanitariya xonalaridan iborat.
Vagonning konstruksion tezligi 160 km/soatdan oshmaydi. Avtossepkalar ulanish o‘qlari bo‘yicha uzunligi 26 164 mm, tashqi kengligi 3105 mm, rels kallagi yuqori sathidan balandligi 4404 ± 10 mm. Vagonning tara massasi 62 tonnadan oshmaydi.
Vagon 68-921 va 68-922 rusumli II M turidagi aravachalar hamda EGV.08.U1 turidagi vagon osti generatori bilan jihozlangan.
Vagonning belgilangan xizmat muddati 28 yil. Vagonga umumiy kafolat muddati buyurtmachiga jo‘natilgan kundan boshlab 2 yilni tashkil etadi.